«bola ombudsmani» tegli maqolalar


Kasalxonada bolasini kaltaklagan ona ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
23 sentabr 2022, 22:36

Kasalxonada bolasini kaltaklagan ona ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi kasalxonada yosh bolasini kaltaklagan ayol sud tomonidan 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda u stress holatida bo‘lgani va qilgan ishidan pushaymonligini aytdi. Qaynona esa kelinini onalik huquqidan mahrum qilishni so‘radi.

Bola ombudsmani farzandini zo‘ravonlik bilan «tarbiyalaydigan» ota-onalardan ularni olib qo‘yishni taklif qildi
18 iyun 2022, 11:13

Bola ombudsmani farzandini zo‘ravonlik bilan «tarbiyalaydigan» ota-onalardan ularni olib qo‘yishni taklif qildi

Bola ombudsmani Aliya Yunusova Samarqanddagi shifoxonada ayol o‘z bolasini kaltaklaganini qoralab, «ota-onalar» ning farzandiga nisbatan shafqatsiz muomala qilishini — kechirib bo‘lmas xato deb aytdi. Vakil farzandlarini zo‘ravonlik bilan «tarbiyalaydigan» ota-onalardan bolalarni olib qo‘yishni taklif qildi.

«Bu yerda nosog‘lom muhit hukm surmoqda». Bola ombudsmani Samarqandda maktab-internat tarbiyalanuvchilari kaltaklangani holatini o‘rgandi
27 may 2021, 16:02

«Bu yerda nosog‘lom muhit hukm surmoqda». Bola ombudsmani Samarqandda maktab-internat tarbiyalanuvchilari kaltaklangani holatini o‘rgandi

Samarqanddagi 63-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani bo‘yicha holat Bola ombudsmani tomonidan o‘rganib chiqildi. Suratdagi 2 nafar bolani otasi uyiga qaytarib olib ketgan, ko‘zi ko‘kargan bola esa tengdoshi bilan urishganini aytgan. «Muassasada nosog‘lom muhit hukm surmoqda», — deyiladi xabarda.

«Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyini tugatish kerak» — Aliya Yunusova
19 aprel 2021, 14:09

«Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyini tugatish kerak» — Aliya Yunusova

Bolalar ombudsmani Aliya Yunusovaning ta’kidlashicha, «Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyini tugatish kerak». O‘tkazilgan o‘rganishlarda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o‘zgargani va chirigani, beton poldan iborat xonalar zaxligi, mebellar esa eskiligi sabab bolalar juda yomon sharoitda yashayotgani aniqlangan. Uning o‘rnida Bolalar shaharchasini tashkil etish taklif qilinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting